
Foto: O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi
Joriy yil 2-5 oktabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Birinchi kungi bellashuvlarda -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo‘ldoshev oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, kecha musobaqaning so‘nggi kuni hamyurtlarimizdan yana 4 nafari shohsupaga ko‘tarildi. -90 kg vazndagi iste’dodli dzyudochimiz Shermuhammad Jandreyev finalda tojik dzyudosining afsonasi Kamronshoh Ustapiriyonga yutqazib, kumush medalga ega chiqdi. Shu vazndagi yana bir vakilimiz Doston Meyliyev bronza medali bilan kifoyalandi. +90 kg vaznda kurashgan Bekmurod Oltiboyev va Shohruhxon Baxtiyorov esa terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.
Shu tariqa, Kamol Muradov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston Prezidenti Kubogida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar