09:00 / 08.10.2021
1 623

Belgiyaga qarshi o‘yinda kambek qilgan Fransiya Millatlar ligasi finaliga chiqdi (video)

Belgiyaga qarshi o‘yinda kambek qilgan Fransiya Millatlar ligasi finaliga chiqdi (video)
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi yarim finali doirasida Belgiya va Fransiya terma jamoalari 7 oktabr, payshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Turinda o‘tgan bellashuvda umumiy hisobda darvozalarga 5 ta gol urildi. 37-daqiqada Yannik Ferreyra Karrasko ajoyib harakatlari orqali hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqaga kelib, Romelu Lukaku Kevin de Bryuynening uzatmasini golga aylantirdi va oradagi farqni oshirdi. Jamoalar tanaffusga ushbu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda Fransiya vaziyatni o‘nglash uchun qator hujumlar uyushtirdi va bu 62-daqiqada o‘z samarasini berdi: Karim Benzema jarima maydonchasi ichida himoyachilarni dog‘da qoldirib, hisobni qisqartirdi. Ushbu vaziyatda Benzemaga Kilian Mbappe assistentlik qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Mbappe 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. O‘yin tugashi arafasida Teo Ernandes super gol urib, Fransiyaga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasining finaliga yo‘l oldi. Endilikda «uchranglilar» hal qiluvchi o‘yinda Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Final o‘yini 10 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Millatlar Ligasi
1/2 final bahsi
Belgiya — Fransiya 2:3
Gollar
: 1:0 – 37 Karrasko, 2:0 – 40 Lukaku, 2:1 – 62 Benzema, 2:2 – 69, penalti Mbappe, 2:3 – 90 Ernandes.
Belgiya – Kurtua, Denayer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan (Batshuayi, 90), Vitsel, Tilemans (Vanaken, 70), de Bryuyne, Karrasko, Azar (Trossard, 74), Lukaku.
Fransiya – Loris, Ernandes, Varan, Ernandes, Pavar (Dyubua, 90), Pogba, Rabo (Tchuameni, 75), Kunde, Mbappe, Grizmann, Benzema (Veretu, 90).
Ogohlantirish: Vertongen (67).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belgiyaga qarshi o‘yinda kambek qilgan Fransiya Millatlar ligasi finaliga chiqdi (video)