Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Iordaniyada o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda. U yerda bugun o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Srechko Katanets shogirdlari Malayziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadigan o‘yin Amman Internet stadium stadionida o‘tkaziladi.

FIFA reytingida O‘zbekiston termasi 84, Malayziya esa 154-o‘rinda joylashgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar