4-6 oktabr kunlari Toshkentda, O‘zbekiston tarixida ilk bor Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tib, uning yakunlariga ko‘ra o‘zbek sportchilari 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar.
Osiyo Olimpiya kengashining vitse-prezidenti Otabek Umarov ushbu tadbirga quyidagicha izoh berdi: «Toshkentda bo‘lib o‘tgan Bodibilding bo‘yicha jahon chempionati shunchaki turnir emas, haqiqiy sport bayramiga aylana oldi. Bu faqat mening shaxsiy xulosam emas, balki atletlar, delegatlar va musobaqa mehmonlarining umumiy fikridir.
WBPF rahbariyati aytishicha, hech qaysi birinchilik Toshkentdagidek kabi keng ko‘lamga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston esa Humo Arena kabi ulkan inshootni taqdim qilgan holda, tashkiliy jihatdan eng yuqori saviyani ko‘p yillar uchun avvaldan namoyon etdi.
Sportchilarimiz ham alohida tahsinga loyiq. Ular tarixda ilk bora erkaklar o‘rtasida ham ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab, o‘nta oltin medalni qo‘lga kiritdilar. Ushbu o‘n nafar chempionning timsoli juda ko‘plarni sport bilan professional shug‘ullanishga bo‘lmasa ham, kamida sog‘lom turmush tarziga ilhomlantirganiga ishonchim komil».
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...