07:27 / 10.10.2021
1 509

O‘zbekistonda Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
Toshkent shahrida 8 oktabr kuni «O‘zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on ochib berdi.

«O‘zbekistonda milliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri va nomoddiy madaniy merosni asrash, shuningdek, aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirish sohasidagi asosiy masalalardan biridir.

Xalq o‘yinlari qadimdan davlatchilik shakllanishi, jamoani birlashtirish va himoya qilishda ham yuksak ahamiyat kasb etgan. Bugungi kunda ular shaxsni jismonan sog‘lom, qat’iyatli, sabr-matonatli, hozirjavob va ma’naviy yetuk bo‘lib kamol topishiga xizmat qilmoqda. Bir xalqning tarixi ming yillar davomida shakllangani uning moddiy va madaniy boyliklarida, etnografiyasida aks etadi. Shunday ekan, fursatdan foydalanib, barchaga O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi ochilishi haqida ma’lum qilaman
», — dedi Aziz Abduhakimov.

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
Shundan so‘ng Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on so‘zga chiqib, xalq o‘yinlari hamda ularning ahamiyati haqida nutq so‘zladi. Bundan tashqari, mehmon O‘zbekistonga beshinchi marta tashrif buyurgani va uning tarixi hamda qadriyatlaridan katta taassurotda ekanini aytdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi rahbari sifatida Oybek Norinboyev tanishtirildi.

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, uning raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on hamda turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasida Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga doir hamkorlik memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi va O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi o‘rtasida ham memorandum imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi