18:42 / 10.10.2021
1 948

Ronaldu bir o‘yinda bir nechta takrorlanmas rekordni urdi

Ronaldu bir o‘yinda bir nechta takrorlanmas rekordni urdi
Portugaliya terma jamoasining Qatarga o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvi Krishtianu Ronaldu uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Yevropaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin Ronaldu uchun terma jamoadagi 181-uchrashuv bo‘ldi va rekord sifatida qayd etildi. “Ko‘hna qit’a”ning hech bir futbolchisi o‘z terma jamoasi uchun Ronalduchalik ko‘p o‘yin o‘tkazmagan.

O‘rtoqlik uchrashuvida gol urgan Ronaldu o‘z faoliyati davomida 46-mamlakat terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham takrorlanmas rekord.

Krishtianu Ronaldu terma jamoada ko‘p gol urish bo‘yicha ham o‘z rekordini yangilab, xalqaro miqyosdagi gollari sonini 112 taga yetkazib oldi.

Portugaliyalik yulduz terma jamoasi uchun o‘tkazgan 181 ta bahsda 112 ta goldan tashqari, 41 marta jamoadoshlariga golli pas oshirgan. Ronaldu samarali o‘yinlari orqali Portugaliya terma jamoasiga 2004 yili Yevropa chempionatining kumush va 2012 yili bronza medalini, 2016 yilda qit’a chempionligini, 2019 yili UYEFA Millatlar ligasi bosh sovrinini taqdim etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bir o‘yinda bir nechta takrorlanmas rekordni urdi