
Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasining bronza medali uchun Italiya va Belgiya terma jamoalari 10 oktabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Nikolo Barella italiyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 65-daqiqada Domeniko Berardi penaltini aniq bajarib, jamoasining ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Sharl de Ketelare hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasining bronza medaliga ega chiqdi. Finalda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Millatlar Ligasi
3-o‘rin uchun bahs
Italiya — Belgiya 2:1
Gollar: 1:0 – 46 Barella, 2:0 – 65, penalti Berardi, 2:1 – 86 de Ketelare.
Italiya – Donnarumma, Bastoni, Emerson, Acherbi, Di Lorenso, Lokatelli, Barella (Kristante, 70), Keza (Bernardeski, 90), Pellegrini (Jorjino, 71), Berardi (Insine, 90), Raspadori (Kin, 65).
Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, Kastan, Salemakers (de Ketelare, 59), Vitsel, Karrasko (Trossard, 87), Tilemans (de Bryuyne, 59), Vanaken, Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Vertongen (14), Di Lorenso (30), Vitsel (56), Alderveyreld (63), Emerson (82).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar