PSJ hujumchisi Lionel Messi yaqinda bergan intervyusida sobiq klubi "Barselona"ni tark etganida ichidan nimalar o‘tgani bilan o‘rtoqlashdi.
"Men mashg‘ulotlarni boshlash uchun yangi shartnoma tuzmoqchi edim. Hammasi tayyor bo‘ldi va bitimga imzo qo‘yishim kerak, deb o‘ylagan edim.
Ammo "Barselona"ga kelganimda, endi ular uchun o‘ynay olmasligimni, qololmasligimni va boshqa klub topishim kerakligini aytishdi. Chunki "Barsa" kelishuvni uzaytira olmasdi. Bu mening rejalarimni o‘zgartirdi.
Qabul qilish juda qiyin edi. O‘ylab ko‘ring, siz o‘n yillar davomida yashagan joyingizni tark etyapsiz, bu men va yaqinlarimga juda og‘ir bo‘ldi".
"Barselona" rahbari Joan Laporta ham Messi haqida: "Men shunday umid qilgandimki, oxirgi soniyalarda Lionel o‘z fikrini o‘zgartirib: "Men tekinga o‘ynayman", - deyishini kutgan edim. Klub iqtisodiyotini tiklagach, unga pul to‘lar edik", - dedi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz