Mbappening kechagi goli tozamidi? Hakam oydinlik kiritdi

Fransiyalik sobiq hakam Bruno Derryen Millatlar ligasi finalidagi Fransiya - Italiya o‘yinida (2:1) Mbappening "qizil furiya" darvozasiga urgan goliga izoh berdi.
"2013/2014 yilgi mavsumda yangi qoidalar kuchga kirdi. Mbappening goli toza. Bizga qoidalar yoqmasligi va ular futbolni o‘ldiradi, deyishimiz mumkin, biroq buni o‘zgartira olmaymiz.
Men futbolchi to‘pni o‘zi raqibga yetkazib bersa, ofsaydni hisoblagan bo‘lardim. Kechagi holat umuman boshqacha edi. U to‘pni to‘xtatishga harakat qildi, uzatishga emas", - dedi Derryen "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, kecha 22 yoshli fransuz o‘yinning 80-daqiqasida gol urdi. U o‘yindan tashqari holatda qolib ketganiga qaramay, to‘p ispanlar himoyachisi Erik Garsiyadan kelgani sababli gol inobatga olindi.

Izohlar 0
…