O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanalida milliy terma jamoamizning bugun Iordaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinidan oldin bir qator qiziqarli faktlarni keltirib o‘tdi.
Jumladan, o‘tgan hafta O‘zbekiston terma jamoasining Malayziya ustidan qozongan g‘alabasi terma jamoamiz uchun o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi 50-g‘alaba bo‘ldi. Ammo bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi yana bir muhim, yubiley ko‘rsatkichiga erishish imkoniyatiga ega. Jamoamizning birinchi goli MTJ tarixidagi 500-gol bo‘ladi.
Hozircha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 285 uchrashuv o‘tkazib, shulardan 135 tasida g‘alaba qozongan, 55 tasida durang o‘ynagan va 95 tasida mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 499 - 330.
Eslatib o‘tamiz, Iordaniya - O‘zbekiston uchrashuvi bugun Amman shahridagi "Amman International Stadium"da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz