
“Barselona” rahbariyati “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Pol Pogbaga xaridor bo‘layotgan edi. Kataloniyaliklar fransiyalik yulduz jamoani sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda.
Qolaversa, yozda Pogbani erkin agent sifatida tekinga olish imkoni bor. Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining xizmatlari bir qator grand klublarga, xususan, “Barselona”ga ham tavsiya qildi. Bu taklif kataloniyaliklarga ma’qul keldi.
Biroq, Rayola bu transferni amalga oshirish uchun juda katta miqdorda xizmat haqqi talab qilgani “Barselona”ning shashtini pasaytirib yubordi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar Rayola Pogba uchun talab qilayotgan maosh miqdorini ham ko‘tara olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar