OFK kubogi Interzonal finalidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.
Unda dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ertangi o‘yin biz uchun juda muhim. Finalda o‘ynashni juda ham istamoqdamiz. Bu yildagi eng asosiy o‘yin kutib turibdi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatgan holda raqibni mag‘lubiyatga uchratishimiz va muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Albatta bu narsa oson bo‘lmaydi. "Li Man" jiddiy raqib. Maksimal harakat qilishimiz lozim. Bu jamoa haqida tasavvurga egamiz. Yigitlarga kerakli ma’lumotlarni berdik. Bilasizlar raqib safida yaxshi saviyadagi legionerlar bor. Mahalliy o‘yinchilar ham yetarlicha. Ular ko‘proq texnikaga tayangan holda harakat qilishadi. Barcha futbolchilar bahsga shay. G‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
"Yarim final bu biz uchun katta va mas’uliyatli uchrashuvdir. Har bir o‘yinga bo‘lgani kabi ertangi bahsga ham munosib hozirlik ko‘rdik. Bunday pallada ortiqcha hissiyotlarga berilish kerak emas. Maydonga g‘alaba uchun chiqamiz",- deydi Marko Stanoyevich.
- "Li Man" jamoasini qay darajada o‘rgandingiz? Kuchli va kuchsiz chiziqlari haqida fikringizni bildirsangiz...
- Ularning OFK kubogidagi o‘yinlarini ko‘rib zarur jihatlarini, futbolchilar haqidagi ma’lumotlarni yigitlarga yetkazdik. Jamoada o‘yinni hal qiladigan legionerlar bor. 90 daqiqa e’tiborli bo‘lishimiz, diqqatni yo‘qotmasligimiz talab qilinadi. "Li Man" hujumda yaxshi harakat qiladi va tartibli himoyalanadi.
- OFK kubogidagi chempionlik jamoaning hozirgi holati uchun qahramonlik hisoblanadimi? Ikkinchi savolim "Mohun Bagan" bilan "Li Man"ning darajasidagi farqni ayta olasizmi?
- G‘alaba qozonsak qahramonlik bo‘ladi, deb o‘ylayman. Futbolimiz uchun kerakli yutuq hisoblanadi. Yashirmayman, Jahon chempionatida futzalchilarimizning harakatlarini jamoamiz bilan birga kuzatib, yutuqlaridan xursand bo‘ldik. Xalqaro maydondagi yutuq ayni paytda futbolimiz va muxlislarimiz uchun zarurdir. Bor imkoniyat va mahoratimizni ishga solamiz. Sharoitlarni oldingi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
Lekin bu bizni qiziqtirayotgani yo‘q. Yosh futbolchilarimizning tajribasi va mahoratini oshirish uchun ham xalqaro o‘yinlar foydali hisoblanadi. Avvalgi raqib bilan taqqoslashga kelsak, ularga qarshi o‘ynamagunimizga qadar darajasi va saviyasiga baho berish qiyin. Yaqin yillarda o‘zbek klublari Gongkong jamoalariga qarshi to‘p tepmagan. Shu bois taqqoslash biroz noo‘rin. O‘zaro o‘yindan keyin raqibning darajasi va saviyasiga to‘liq baho berish mumkin. Gohida reytingga ham e’tibor qaratish noo‘rin bo‘lib chiqadi.
- Gonkong futboli Xitoy futboli nimasi bilan farq qiladi?
- Menimcha, mentaliteti o‘xshash. Xitoy va Janubiy Koreya klublariga o‘xshab raqibning mahalliy o‘yinchilari tezkor. Albatta Xitoy chempionati kuchliroq. Bu "Li Man"ning kuchsizligini anglatmaydi. Tarkibida 8ga yaqin legionerlar o‘ynaydi. Avvalgi bosqichda raqibda o‘yin amaliyotining kamligi o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu bizga qo‘l kelgandi. "Li Man" ancha tajovvuzkor jamoa.
- Ertangi bahs oldidan tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi? Hozirgi tarkib OFK kubogini qo‘lga kiritish uchun qay darajada tayyor?
- 2011 yilda tarkibda tajribali va mahoratli futbolchilarga boy edi. Kerak bo‘lsa bir o‘zi o‘yinni hal qiladigan ijrochilar topilardi. Ayni paytda o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratsak yaxshi bo‘ladi. Ertaga Marko Stanoyevich yoki Oybek Bozorov o‘yinni hal qilib ketadi, deb hech kim ayta olmaydi. Jamoaviy o‘yinni yaxshi tashkil qilsak o‘sha muvaffaqiyatni takrorlashimiz mumkin. Yo‘qotishlardan birgina Abduvohid Ne’matov bizga yordam bera olmaydi. Qolgan o‘yinchilar hammasi sog‘.
- Shohmalik Komilov OFK kubogi guruh bosqichi bahslarida juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab olgandi. Ayni paytda asosiy tarkibga kiritilmayotganini sababi nimada?
- Birinchidan raqobat, ikkinchidan tajriba. Katta o‘yinlarda shunga yarasha futbolchilar kerak bo‘ladi. Shu bois davralar oralig‘ida ba’zi bir futbolchilarni taklif qildik. Shohmalik iqtidorga ega. Lekin barqaror o‘ynashi uchun tajriba orttirishi kerak. Kim tayyor bo‘lsa o‘shani tushiramiz, tajribasini ham hisobga olyapmiz. Qanchalik tayyor bo‘lsa imkoniyat beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi