21:09 / 21.10.2021
1 862

"Nasaf"ning finalga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun Superligadagi ikkita o‘yin sanasi o‘zgaradi

"Nasaf"ning finalga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun Superligadagi ikkita o‘yin sanasi o‘zgaradi
Qarshining “Nasaf” klubi OFK kubogi finalida to‘p surish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bahrayn jamoasiga qarshi uchrashuv 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Nasaf” OFK kubogida munosib ishtirok etib kelayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL Superliga taqvimini unga qarab moslagan hamda 19-tur doirasidan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuv ishchi reja asosida 2 noyabr sanasiga rejalashtirilgandi. Bunda Qarshi klubi xalqaro maydonda final chiptasini qo‘lga kiritsa, taqvimda qayta o‘zgarish bo‘lishi avvaldan aytilgandi.

Shundan kelib chiqib, “Nasaf” ishtirokidagi 2 noyabr kungi “Surxon”ga qarshi o‘yin, shuningdek, 7 noyabr sanasidagi “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi o‘yin boshqa muddatga surildi. O‘zPFL taklifiga ko‘ra, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes 9-16 noyabr kunlariga belgilangan FIFA kunlariga “Nasaf” futbolchilarini jalb qilmasa, yuqoridagi ikki bellashuv aynan shu sanalar oralig‘ida o‘tkaziladi. Agar Katanes “Nasaf” futbolchilarini Gruziyaga qarshi o‘yinga taklif etsa, u holda O‘zPFL rejasi o‘zgaradi va uchrashuvlarning yangi sanalari alohida ma’lum qilinadi.

O‘zPFL “Nasaf” futbol klubi va uning muxlislarini final yo‘llanmasi bilan qutlaydi. Ishonamizki, jamoamiz o‘z tarixida ikkinchi bor OFK kubogini qo‘lga kiritishga erishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning finalga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun Superligadagi ikkita o‘yin sanasi o‘zgaradi