00:26 / 25.10.2021
1 745

Ronald Kuman "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Ronald Kuman "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Natijadan mamnun emasman. O‘ylaymanki, jamoam birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi. Destda hisobni ochish imkoniyati yuzaga kelgandi. "Real" mudofaasining saviyasini inobatga olgan holda, qiyin bo‘lishini bilardik. Birinchi taymda Destnikidan boshqa vaziyat yarata olmadik.

O‘z maydonida "Real"ga yutqazib, ijoyib holat haqida gapirish mushkul. Mag‘lubiyat yoqimsiz, lekin buni qabul qilish kerak. "Klassiko"da imkoniyatni boy bergan tomon 3 ochkodan ko‘prog‘ini yo‘qotadi. Ortga yo‘l yo‘q! Oldimizda chorshanba kungi o‘yin bor. Chempionat hali uzoq davom etadi.

Biz bugun "Real"dan kuchsiz emasligimizni isbotlashga harakat qildik. Barchasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. O‘yindan o‘yinga yaxshi tomonga o‘zgarmoqdamiz va katta g‘alabalarga yaqinmiz. Bugun raqib bizdan kuchliroq edi, deyish noto‘g‘ri. Bu mubolag‘a
", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronald Kuman "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?