
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turida «Inter» va «Yuventus» jamoalari 24 oktabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Edin Jeko milanliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga turinliklar asosiy vaqt yakunlanishi arafasida javob qaytardi. Paulo Dibala penaltini aniq amalga oshirgan holda muvozanatni tikladi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Mazkur natijadan keyin «Inter» ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va uchinchi o‘rinda bormoqda. «Yuventus» (15) 6-pog‘onada qoldi.
«Inter» — «Yuventus» 1:1
Gollar: 1:0 – 17 Jeko, 1:1 – 89, penalti Dibala.
«Inter»: Handanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Dumfris, 72), Brozovich, Chalxono‘g‘lu (Galyardini, 61), Barella (Vesino, 90), Jeko, Martines (Sanches, 72).
«Yuventus»: Shchensni, Danilo, Kellini, Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Dibala, 65), Lokatelli (Kayo Jorje, 83), Makkenni (Artur, 83), Kulusevski (Keza, 65), Morata, Bernardeski (Bentankur, 18).
Ogohlantirishlar: Barella (40), Aleks Sandro (44), Perishich (70), Kellini (90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar