20:49 / 26.10.2021
1 786

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning istalgan jamoasi kuchli"

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning istalgan jamoasi kuchli"
U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Toshkentdagi o‘yinlardan oldin matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda bosh murabbiy Saad Al Shehri qatnashdi.

- "Dastlab barchaga xayrli kun! Kech qolganim uchun barchangizdan uzr so‘rayman. Guruhdagi har bir jamoaga omad tilayman. Saralashda o‘zimizning eng kuchli o‘yinlarimizni namoyish etishga urinamiz", - deb gap boshladi bosh murabbiy.

- Saralash o‘yinlari Kuvaytdan O‘zbekistonga ko‘chirilgani rejalarga qanchalik ta’sir qildi?
- O‘zbekiston terma jamoalari doim kuchli bo‘lgan. Bu jamoaga qarshi o‘yinlar hech qachon oson o‘tmagan. Buni bilgan holda tayyorgarlik olib bordik. Tayyorgarlik jarayonida O‘zbekiston termasiga natija kerakmasligini bilgan holda qolgan ikkita o‘yinda umuman yutqazmaslikka urinamiz. Qisqa muddatda safar rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.

- Bugun erta tongda Toshkentga uchib keldingiz. Ertaga ilk o‘yin bor, vaqt kam emasmi?
- Bu yerga kech kelishimizning sababi Saudiya Arabistoni chempionati davom etayotgani bo‘ldi. FIFA kunlari bo‘lmagani uchun ularni o‘z klublaridan chaqirib ololmadik.

- Siz Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasini Tokiodagi Olimpiadaga olib chiqqansiz. Olimpiadada ishtirok etdingiz, hozir esa yangi jamoa bilan U-23 Osiyo chempionati saralashida qatnashayapsiz. Motivatsiyangiz nima?
- To‘g‘ri aytdingiz, Tailanddagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib 1986 yildan keyin ilk bor Olimpiadaga chiqdik. Federatsiyamiz rahbariyati bizning shtabimizga ishonch bildirdi va 2024 yilgi Parijdagi Olimpiadaga yo‘llanma olishni vazifa qilib qo‘ydi.

- O‘zbekiston bu saralashda U-21 terma jamoasi bilan ishtirok etadi. O‘tgan safar Yaponiya ham shunday qilgandi. Boshqa jamoalarning U-23 chempionatida yosh tarkib bilan o‘ynashlariga qanday qaraysiz?
- Bu jarayonda meyo’rni ushlash muhim hisoblanadi. Biz eng o‘rtasini topishga urinamiz. Sababi Saudiya Arabistonida juda ham yaxshi yosh avlod yetishib kelmoqda. Ham 23, ham 21 yoshli futbolchilardan miks tayyorlaymiz.

- Toshkentga kelgan tarkibda yulduz futbolchilar bormi?
- Tarkibimizda 4-5 nafar futbolchi bemalol milliy terma jamoada o‘ynay oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning istalgan jamoasi kuchli"