
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ertaga, 28 oktabr kuni uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan so‘ng boshlanadi.
Og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov (+92 kg) eronlik Puria Amiri bilan jang o‘tkazadi. Bu jang taxminan 19:30dan keyin start oladi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) esa falastinlik Axmed Xarara bilan ringga chiqadi. Biz uchun kunning oxirgi jangi taxminan 22:50ga yaqin boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar