00:20 / 29.10.2021
1 707

Laporta “Barsa”ni umuman boshqa murabbiyga topshirdi!

Laporta “Barsa”ni umuman boshqa murabbiyga topshirdi!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta qaroriga ko‘ra, bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgan Ronald Kuman o‘rniga jamoani vaqtincha Serxi Barxuan boshqarib turadi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Serxi Barxuan futbolchilarga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi. Klub xo‘jayinlarining bunday qarorga kelishiga jamoani qabul qilib olishga rozilik bergan Xaviga ishlarini tartibga solib olish uchun biroz vaqt kerakligi sabab bo‘ldi.

Xavining “Al-Sadd” bilan amaldagi shartnomasi bor. Qatarliklar ispaniyalik murabbiy bilan hamkorlik kelishuvini muddatidan avval bekor qilishga rozi bo‘lgan.

Bundan tashqari, shartnoma bekor qilingani uchun klubga bir million yevro miqdorida badal puli to‘lanishi kerak.

Xavi “Barselona”ga o‘zining yordamchilari – akasi Oskar va Serxio Alegre, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Ivan Torres bilan birga keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Laporta “Barsa”ni umuman boshqa murabbiyga topshirdi!