Italiya chempionati 11-turining markaziy uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Milan”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar asosan tarkib borasidagi savollarga e’tibor qaratdi. Mourino nega ko‘p o‘yinchilardan foydalanmayotgani va kimlarga ko‘proq ishonch bildirishini ma’lum qildi. E’tiboringizga matbuot anjumani savol-javoblarini havola qilamiz.
- Siz hech qachon Stefano Pioliga qarshi o‘ynamagansiz. U “Milan”ni bir yarim yil oldin qabul qilib oldi, oldidagi katta muammolar turganiga qaramay, ularni yengib o‘tdi va birinchi o‘ringacha ko‘tarildi. Bunda sizning maqsadlaringiz bilan o‘xshashlik bormi? Chempionat yetakchisi “Napoli” bilan o‘yindan keyin bu bellashuvning ahamiyatiq qanday?
- Javobni savolning oxiridan boshlaymiz. Men eng zo‘rlariga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Buni shogirdlarimga singdirishni ham uddalay olyapman. Menga yaxshi futbol ko‘rsatadigan, bizdan yuqoridagi jamoalar qatori, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan boshqa raqiblarga qarshi o‘ynash yoqadi. To‘g‘ri, men ilgari Pioli jamoalariga duch kelmaganman. Ilgari Italiyada ikki yil ishlaganimda, u A Seriyada yo‘q edi. U bilan tanishib olaman, uchrashuvdan oldin va undan keyin salomlashib ham qo‘yaman. U olib borayotgan ishlar men Rimda nimalar qilishim kerakligini ko‘rsatadi. “Milan” barqaror tuzulmaga ega, uning ortida Paolo Maldini kabi kuchli shaxslar turibdi. Hozirgi “Milan” Pioli qabul qilib olgandagi jamoadan keskin farq qiladi. Ular yetakchilar qatorida va Chempionlar ligasida o‘ynayapti. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich.
- Oxirgi haftada ro‘yxatdan chiqarilgan futbolchilar tarkibga qaytariladimi? Yoki qaroringiz qat’iymi?
- Sizni kim qiziqtiradi - o‘yinga chaqirilganlarmi yoki chaqirilmaganlarmi? Oxirgi o‘yinga jalb qilinganlarning barchasi bor, faqat Volpatodan tashqari. U kecha primaverada 90 daqiqa o‘ynadi. Men o‘rinbosarlar tarkibini buzib tashlashni istamayman va ulardan uch-to‘rt o‘yinchini jalb qilaman xolos. Avvalgi uchrashuvga chaqirilganlarning bari tarkibda.
- Siz 12-13-14 ta o‘yinchi haqida gapirdingiz. Mxitaryan oxirgi paytda yaxshi o‘ynamayapti. Nega bunday bo‘lyapti? U eng ishonchli shogirdlaringiz safida qolyaptimi?
- Tarkibda kimki bo‘lsa, bari ishonchli yigitlar. Lekin maydonga 11 nafari tushadi xolos. Hammani o‘yinga tushira olmayman. Mxitaryanda muammo yo‘q. “Kalyari” bilan o‘yinda tanaffusda almashtirdim. U 25 yoshli yigitcha emas. O‘tgan yakshanba “Napoli” bilan o‘ynagandi.
Men uni Stefan El-Shaaraviga almashtirdim. Bizga ichkaridan hujum qiladigan o‘yinchi kerak edi. El-Shaaravi men doim birinchi bo‘lib ishonch bildiradigan futbolchi. U hozir yuqori daraja emasligiga qaramay ham, shunday mavqega ega. Bu gal birinchi daqiqadan o‘ynaydimi? Buni aytmayman. O‘yinchi biz uchun muhim hisoblansa, ilk daqiqalardan o‘ynaydimi yoki zaxiradan tushadimi, bunisining farqi yo‘q. Mxitaryan ham shunday. Biz uchun u ham juda muhim futbolchi.
- “Milan”ga qarshi qanday shaklni ko‘ramiz?
- Aniqki, avvalgidek emas va o‘z navbatida, butunlay yangicha ham emas. Sen “Milan” haqida o‘ylaganingda o‘zingdan kim o‘ynarkin, Romanoli yoki Kyayer, Bennaser, Kesse yoki Tonali, Ibrohimovich yoki Jiru, Krunich yo Braimmi, deb so‘rashing mumkin Bizda esa bu borada hammasi oddiy ko‘rinishga ega. Shuning uchun ham sen “Roma” tarkibini taxmin qilgan bir-ikkita nomda adashishing mumkin xolos.
- Spinatssolaning ahvoli qanday? Yangi yilgacha safga qaytadimi?
- Hammasi joyida. Tiklanish jarayoni yaxshi ketyapti. Uni operatsiya qilgan mutaxassis ikki kun davomida uning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Hammasi yaxshi ketyapti, muammo yo‘q. Uning qachon qaytishi haqida gapirmaganim ma’qul.
- Keyingi to‘rtta o‘yinda “Roma” ikkita gol o‘tkazib, to‘rtta urdi. Ish jarayonida nimadir o‘zgardimi?
- Biz ko‘p to‘p kiritib, kam o‘tkazishni istaymiz. To‘rtta uchrashuvda ikkita gol o‘tkazish ijobiy natija, to‘rtta gol urish bu juda kam. Yetarlicha to‘p urolmayapmiz. Lekin “Yuventus” himoyasidan o‘tishni uddaladik. Eng muhimi, har bir uchrashuvda g‘olib chiqish. Buning uchun jamoaviy o‘yin va mustahkam himoya kerak. Biz himoyani yaxshilash borasida ishlayapmiz. Sekin-asta hammasi joyiga tushadi.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar bilan uchrashuvlarda faqat bir ochko olindi. “Milan” bilan o‘yinda g‘alaba musabaqa jadvali nuqtai nazaridan ham ahamiyatlimi?
- Eng muhimi, doim g‘alaba qozonish. Nafaqat “Milan”, balki “Kalyari”, “Venetsiya”gi ham yutish kerak. Istagimiz shu. “Napoli”ga qarshi buni ko‘rsata oldik. Kim raqib bo‘lishi vazifani o‘zgartirmaydi. Biz balki g‘olib chiqolmasmiz, lekin irodamizni hech kim sindira olmaydi. “Verona” va “Latsio”dan mag‘lub bo‘lganimiz va “Budyo-Glimt”ga qarshi o‘yindagi sharmandagarchilikdan keyin ham odamlar stadionga kelyapti. Chunki ular biz ketayotgan yo‘lni ko‘rib turibdi. Biz bu yo‘ldan og‘ishmaymiz.
Izoh sifatida ta’kidlash lozimki, Mourino birinchi raqamli hujumchi sifatida Temmi Abraxamni tan oladi. Boshida Eldor Shomurodov angliyalik yulduzning asosiy o‘rinbosari edi. Biroq, keyinchalik portugaliyalik mutaxassis Stefan El-Shaaraviga ko‘proq ishonch bildiryapti. Italiyalik futbolchi xuddi Shomurodov singari qanotdan va maydon ichkarisidan hujum uyushtirishda samarali o‘ynaydi.
“Roma” – “Milan” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan bugun 23:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi