
Foto: Boks federatsiyasi
Boks bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionatining 31 oktabr kungi bahslari yakunlandi.
- 92 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Madiyor Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek Oralbayga qarshi to‘qnash keldi. Birinchi raundda qozog‘istonlik bokschi ustunlik qildi va hatto Madiyorni nokdaun holatiga tushirishga erishdi. Biroq keyingi raundlarda Saidrahimov raqibidan faol harakat qildi va jang natijasini o‘z tomoniga og‘dira oldi. Yakunda hakamlar 4:1 hisobida O‘zbekiston vakilining g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Saidrahimov chorak finalga yo‘l oldi va u yerda angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi jang qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar