
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Parijda o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Ulug‘bek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi jamoa 4ta oltin va 1ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Foto: O‘DF
Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshod Baratov (-90 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffar To‘raboyev (-100 kg) g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
2-o‘rinni Braziliya egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Fransiya yakunlab berdi.

O‘zbekiston DzyudoJahon ChempionatiHarbiylar O‘rtasidaOltin MedalBronza MedalUlug‘bek Azizov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar