1 924
Xorvatiyalik murabbiy: Men o‘zbek bokschilarining jangini bevosita ringda tomosha qilishdan mamnunman

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqa davomida mutaxassislar fikri, bokschilarimizdan intervyular va ko‘plab eksklyuziv materiallar saytimiz kuzatuvchilariga taqdim etilmoqda.
Bu gal Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi Tomo Karich jurnalistlarga o‘zbekistonlik bokschilar va murabbiylar haqida iliq fikrda ekanligini bildirdi.
- Men o‘zbekistonlik bokschilarni yaxshi bilaman. Ular juda kuchli. Fikrimcha, o‘zbek bokschilari puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Bilamiz, ular ko‘pgina medallarni qo‘lga kiritishgan. Men o‘zbek boksini kuzatib turaman va biz murabbiylar ulardan ko‘p narsani o‘rganishga harakat qilyapmiz. Men o‘zbek bokschilarining jangini bevosita ringda tomosha qilishdan juda xursandman, - dedi tomo Karich.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar