“Tottenxem” bosh murabbiy qidirmoqda. Klub rahbariyati “Manchester Yunayted”dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqargan edi.
Klub prezidenti Daniel Levi jamoani italiyalik mutaxassis Antonio Kontega topshirmoqchi. O‘tgan mavsum “Inter”ni chempion qilgan murabbiy londonliklarni qabul qilib olishga tayyor. Faqat u o‘z shartini bajarilsagina jamoani shug‘ullantiradi.
Antonio Konte “Tottenxem” rahbariyatidan uch yillik shartnoma, bir mavsumga 15 million yevro maosh va o‘zi istagan 3-4 ta futbolchi transferini amalga oshirishni so‘ramoqda.
Tayinlanishi kutilayotgan Antonio Konte jamoa rahbariyati bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis bugun rasman "shporlar" bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
Shundan so‘ng, Konte londonliklar boshqaruvida payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Konferensiyalar ligasi doirasidagi "Vitess" klubiga qarshi bahsda debyut qiladi. Avvalroq, tomonlar 2023 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashi va u 18,3 million yevro ishlab topishi xabar berilgandi.
52 yoshli murabbiy avval ham APLda ishlagan. Antonio Londonning boshqa bir jamoasi "Chelsi" bilan Premer-liga oltin medallariga ega chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi