21:08 / 02.11.2021
2 647

Terma jamoamiz murabbiyi o‘zbekistonliklardan g‘alabalar olib qo‘yilayotgani haqida keskin fikrlar bildirdi

Terma jamoamiz murabbiyi o‘zbekistonliklardan g‘alabalar olib qo‘yilayotgani haqida keskin fikrlar bildirdi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.

Bir necha daqiqa avval Saidjamshid Jafarov (-75 kg) tailandlik Virapon Jongjoxo bilan ringga ko‘tarildi. Jangda ustunlikka erishgan hamyurtimiz hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi deb topildi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Mag‘lubiyat sababi? Chunki hakamlar nazoratchisi tailandlik edi. Men birinchi raunddan so‘ng 3:2 hisob kelganidan bildim. 5:0 berilishi kerak edi. Ikkinchi raund ularga berildi 3:2. Biz ikkinchi va uchinchi raundni yutdik. Oxirgi raund 4:1 hisobini tailandlik bokschiga berishdi. Keyin men bosh murabbiyga ular bizni aldayotganini aytdim. Marat Qurbonov biz yutayotganimizni aytdi. Biroq hakamlar ochkoni bizga bermayaptiku. Yana qanday qilib ishlash kerak, yana qanday yutish kerak.

Kechagi jangda ham hakamlar g‘alabani boshqalarga berib yuborishdi. Shahobiddin Zoirov, Hasanboy Do‘smatovning g‘alabalarini berib yubordi. Xatto protestimizni ko‘rib chiqmayapti ham. Mana Odilni jangi bo‘yicha protest berdik, ko‘rib chiqinglar deb. Ular yo‘q, sizlarga ochko bermoqdamizku, deb javob beryapti. Bizniki ko‘rilmaydi, deb aytdi. Unda umuman boksni o‘tkazish kerak emas.

Nega O‘zbekiston termasiga bunday munosabatligini bilmayman. Lekin o‘zimiz hayron qolyapmiz. birinchi jangdan eng yetakchilarimizni olib tashlashdi. O‘ylanib qoldik. Bokschilarimiz ruhiy tomondan hamma narsaga tayyor edi. Saidjamshid umuman yutqizgani yo‘q. 3 raund yutdi. Protestni ko‘rib chiqmasa nima keragi bor. Halol o‘yin qilish kerak. To‘rtda jangdagi g‘alabamizni olib qo‘yishdi. Agar voqealar shunday davom etsa, yarim final va final oson bo‘ladi. Shunda hammasi chempion bo‘ladi
, - dedi Rahmatjon Ro‘zioxunov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamiz murabbiyi o‘zbekistonliklardan g‘alabalar olib qo‘yilayotgani haqida keskin fikrlar bildirdi