Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” muxlislar ishonchini yo‘qota boshladi. Hatto Norvegiyadagi 1:6 hisobida alamli mag‘lubiyatdan keyin ham portugaliyalik mutaxassisni hech ikkilanishsiz qo‘llab-quvvatlab kelgan rimlik futbol ishqibozlari “Olimpiko” arenasidagi “Budyo-Glimt”ga qarshi ikkinchi bahsda yana bir mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qolgan Joze Mourinoga hushtakbozlik qilishdi.
Futbol mutaxassislari Joze Mourino avvalgi mavqeidan uzoqlashib ketganini ta’kidlay boshladi. Portugaliyalik mutaxassis mag‘lubiyatlar sababini o‘zidan, qo‘llayotgan uslubidan qidirish o‘rniga hakamlarni ayblash va tarkibda yuqori malakali o‘yinchilar yetishmayotganidan nolish bilan band.
Mourino jangovar jamoa tuzish uchun qimmatbaho yulduzlarni olib kelishni talab qilmoqda. Xususan, u klub rahbariyatidag “Chelsi” o‘yinchilari Antonio Ryudiger va Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘yini ochilib borayotgan Ruben Loftus-Chikni olishni so‘rayapti. Lekin Jozening bu istaklarini amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
Germaniyalik himoyachi “Chelsi” bilan hali yangi bitim imzolamadi. Shunga qaramay, “Roma”dan bir necha baravar baquvvat va badavlat klublarning bir nechtasi Ryudigerni katta maosh borasidagi so‘rovlarini qondirishga tayyor turibdi. Mourino bu borada Antonio avval Rimda o‘ynagani bois, uni olib kelishning imkon bor, deb hisoblayapti. Ryudiger 2015-2017 yillari “Roma” a’zosi bo‘lgan va aynan shu jamoadan “Chelsi”ga transfer qilingan.
Mourino ikkinchi nishon – Ruben Loftus-Chik italyancha futbol uslubiga mos tushishini ta’kidlamoqda. U Ruben yordamida maydon markazini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Joze eski aloqalari orqali bu transferni uddalashni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, Loftus-Chik yanvar oyida Rimga olib kelinishi kerak.
Portugaliyalik mutaxassis Temmi Abraxam transferi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bois, “aristokratlar”dan yana o‘yinchi olish imkoni bor, deb o‘ylaydi. Lekin Abraxam ham keyingi paytda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Xuddi shu gapni Eldor Shomurodov haqida ham aytish mumkin. Mourinoning hujumga olgan o‘yinchilari ishonchni oqlamay qo‘ydi.
Darhaqiqat, “Chelsi” mutasaddilari Mourino ularning o‘yinchilariga “ko‘z olaytirayotgani”ni yaxshi biladi. Jamoa muxlislari bu haqida xabar tarqalganidan keyin o‘z davrida “Chelsi”ni uch marta chempion qilgan Mourinodan norozi bo‘lmoqda.
Londonning ashaddiy fanatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Mourinoga murojaat yo‘llamoqda. The Chelsea Chronicle nashri bu masalada o‘rganish o‘tkazdi. Unga ko‘ra, “Chelsi” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda “Loftus-Chik hech qayerga ketmaydi!”, “Joze eshityapsanmi, biz Loftus Chikning transfer qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz!”, “Ruben ketmaydi, u bizga kerak!” , “Joze, Rubendan boshqasini top!” qabilidagi fikrlarni ilgari surmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, bungacha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qisqa fursatda uddalab kelgan Joze Mourino “Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘shishga qiynalmoqda. A Seriyada rimliklar o‘zi to‘qnash kelgan asosiy raqobatchilari – “Yuventus”, “Latsio”, “Milan”ga yutqazdi, “Napoli” bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.
Xalqaro miqyosdagi turnirda Norvegiyaning kamtargina klubi “Budyo-Glimt”ga ikki uchrashuvda ham bas kela olmadi. Bu ketishda Konferensiyalar ligasi bosh sovrini ham armon bo‘lib qolishi hech gap emas. Chunki, Mourino vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olgani yo‘q. U masalani qimmatbaho o‘yinchilarni olib kelish orqali hal qilmoqchi. Biroq, Yevropaning boshqa grand klublaridan tinmay taklif olayotgan Antonio Ryudiger, Luis Dias, Denis Zakariya, Edinson Kavani, Nacho Fernandes, Dani Sebalos kabi yulduzlar xarakteri og‘ir, qaysar va fikri birdan salbiy tomonga o‘zgarib qolishi mumkin bo‘lgan Mourinoning taklifini qabul qilarmikin?
Aziz muxlislar siz nima deb o‘ylaysiz, Mourino “Roma”ni katta maqsadlar sari yetaklay oladimi? Zaxiraga o‘tirib qolgan Eldor Shomurodovning “Roma”da kelajagi bormi? “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi