
PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi yettinchi “Oltin to‘p”ni qabul qilib olishi oshkor bo‘ldi.
RTP jurnalistlarining aniqlashicha, futbolchilar uchun eng nufuzli sovrin tashkilotchisi hisoblangan France Football jurnali vakillari argentinalik yulduz bilan bog‘lanib, bu haqda ma’lum qilgan.
Shuningdek, Lionel Messi jurnal ijodkorlariga “Oltin to‘p” sohibidan olinadigan an’anaviy intervyuni ham berib bo‘lgani aytilmoqda.
O‘tgan mavsumda Lionel Messi “Barselona” tarkibida 30 ta to‘p kiritib, La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Bundan tashqari, Argentina terma jamoasi safida ilk sovrini – Amerika kubogi sohibiga aylandi.
“Oltin to‘p” g‘olibini taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijda tashkil etiladi.
Internet tarmoqlarida “Oltin to‘p”ni kim olishi haqida ko‘plab xabarlar chiqayotganiga qaramay, France Football jurnali mutasaddilari g‘olib nomi ma’lum ekanini inkor qilib kelmoqda.
Lionel MessiOltin To'pFrance FootballFutbolchilar SovriniParijda TaqdirlashAmerika Kubogi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar