10:16 / 06.11.2021
1 407

Finalning birinchi kunida Yaponiya eng yaxshi natijaga erishdi

Finalning birinchi kunida Yaponiya eng yaxshi natijaga erishdi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. 5 noyabr kuni dastlabki finallar o‘tkazildi, 7 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.

Quyida finallarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

-48 kg vazn toifasidagi finalda qozog‘istonlik Temirtas Jussupov tailandlik Vuttichai Yurachaini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-54 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik Tomoya Tsuboyi qozog‘istonlik Maxmud Sabirxandan ustun kelib, jahon chempioniga aylandi.

-60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Abdumalik Xalakov fransiyalik Sofian Oumiaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada Sofian Oumia oltin medal sohibiga aylandi.

-67 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik Sevornres Okazava amerikalik Omari Jonsgni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.

-75 kg vazn toifasidagi finalda kubalik Yoenlis Ernandez rossiyalik Jambulat Bijamov bilan to‘qnash keldi. Yakunda kubalik bokschi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-86 kg vazn toifasidagi finalda braziliyalik Keno Machado Ozarbayjon vakili Loren Alfonso Domingesga qarshi ringga chiqdi. Jangda ozarbayjonlik bokschi chempionlikka erishdi.

+92 kg vazn toifasidagi finalda armanistonlik Davit Chaloyan rossiyalik Mark Petrovski bilan jang o‘tkazdi. Og‘ir vaznlilar bahsida Mark Petrovski oltin medalni o‘zini qildi.

Bugun Yaponiya 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston va Rossiya bittadan oltin va kumush medallarni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ozarbayjon, Fransiya hamda Kuba bittadan oltinga ega chiqdi. O‘zbekiston, AQSH, Tailand, Braziliya va Armaniston bittadan kumushni bilan cheklandi.

Yaponiya 2 oltin
Qozog‘iston 1 oltin, 1 kumush
Rossiya 1 oltin, 1 kumush
Ozarbayjon 1 oltin
Fransiya 1 oltin
Kuba 1 oltin
AQSH 1 kumush
Tailand 1 kumush
O‘zbekiston 1 kumush
Braziliya 1 kumush
Armaniston 1 kumush

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Finalning birinchi kunida Yaponiya eng yaxshi natijaga erishdi