Puli yo‘q “Barsa” qimmat o‘yinchini olmoqchi

Puli yo‘q “Barsa” qimmat o‘yinchini olmoqchi
“Barselona” qishki transferlar davrida “Real Sosyedad” hujumchisi Aleksandr Isakni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumki, ayni paytda kataloniyaliklar moliyaviy inqirozni boshdan o‘tkazmoqda. Klubning qarzlari tinimsiz o‘sib boryapti. Shu bois, ko‘pchilikni “Barselona” o‘zi rejalashtirgan transferlarni qanday amalga oshirishi qiziqtiradi.

Aleksandr Isakning “Real Sosyedad” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yarmigacha davom etadi. Klub shvetsiyalik hujumchini 40 million yevroga baholamoqda.

22 yoshli hujumchi joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda uchta gol urdi va jamoasining Ispaniya chempionatida birinchi o‘rinni egallab turishida munosib hissa qo‘shmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar