20:03 / 10.11.2021
2 732

Ronaldu "Arsenal"ni qanday aldaganini bilasizmi?

Ronaldu "Arsenal"ni qanday aldaganini bilasizmi?
Londonning “Arsenal” klubi sobiq vitse-prezidenti Devid Dinning aytishicha, 2003 yilda klub portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkin edi.

Men Ronaldu Portugaliya U19 terma jamoasida o‘ynagan o‘yinda qatnashganman. U yaxshi o‘ynadi va uning agenti bizga Krishtianu biz bilan kechki ovqat qilishini aytdi. Kechki ovqat paytida u yoqimli taassurot qoldirdi va menga o‘zi kiygan futbolkani berdi. Biz pul haqida gaplashdik, keyin uning agenti Ronaldu o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytdi. Ertasi kuni men uning agenti bilan yana uchrashdim, oradan olti soat o‘tgach, Krishtianu “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Ronaldu har doim u yerda bo‘lishni xohlardi, bizdan esa shunchaki o‘lja sifatida foydalanishdi”, - dedi Din.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ga 2003 yilda "Sporting"dan ko‘chib o‘tgan edi. 18 yoshli Krishtianuning transferi esa 19 million yevroni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport