Joze Mourino qishki transferlar vaqtida “Roma”ni kuchaytirish maqsadida bir necha yangi o‘yinchilarni olib kelish borasida bosh qotirmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis nishonida turganlardan biri “Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remzidir. Mourinoga yoqadigan bu futbolchi Turin klubiga umuman kerak emas. Yaqinda “Yuventus” rahbariyati uelslik o‘yinchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tayyorligini bildirgandi.
“Roma”ning Remziga qiziqayotganidan xabar topgan Turin klubi mutasaddilari 30 yoshli futbolchisini Mourino ixtiyoriga yuborishdan tashqari, uning maoshidan 60 foizini to‘lab borishga roziligini ham ma’lum qildi. Bu haqda Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan Calciomercato nashri xabar tarqatdi.
Aaron Remzi joriy mavsumda “Yuventus” tarkibida beshta o‘yinda qatnashib, o‘zini ko‘rsata olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?