
Andrey Shevchenkoning birinchi rasmiy uchrashuvidayoq "Jenoa"ga oson bo‘lmasligi aniq. Bunga nafaqat raqib kuchi balki mezbonlar tarkibidagi muammolar ham sabab bo‘ladi. Ukrainalik mutaxassis asosiy tarkibni tanlashi emas, deyarli bor imkoniyatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Qishki transferlar oynasini ayniqsa, Genuyada intiqlik bilan kutishmoqda.
Joze Mourinoning tarkib bilan muammolari birmuncha kamroq, lekin "Verona"dan uchralgan mag‘lubiyat savollarni ancha ko‘paytirib yubordi. Hujum chizig‘ida yana Shomurodov va Abraxam duetini ko‘rishga umid qilamiz. Sababi, bu juftlik "Verona"ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata oldi, yarim himoyada esa rotatsiyasiz ish bitmasa kerak.
Ushbu raqibga qarshi so‘nggi bellashuvda "Roma" 1:0 hisobida zafar quchgan. Bu safar ham bukmekerlar "bo‘rilar"ga ishonishmoqda. Biroq shoshilmaslikni maslahat bergan bo‘lardik, sababi Shevchenkoning A Seriyaga qaytishi shunchaki o‘tib ketadigan hodisa emas. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida u qandaydir muhim qarorlar qabul qilib ulgurganiga ishongimiz keladi. Bizni murosasiz kurash kutib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar