
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 20 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Florensiyada o‘tgan o‘yinda jamoalar umumiy hisobda 7 ta gol urdi. Dastlab «Fiorentina» ketma-ket 3 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi: Alfred Dankan darvozabonning xatosidan foydalangan bo‘lsa, Rikkardo Saponara uzoq masofadan ajoyib tarzda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Dushan Vlaxovich esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, vaziyatni gol bilan yakunladi.
62-daqiqaga kelib, 40 yoshli Zlatan Ibrahimovich katta sahnaga chiqdi. U 5 daqiqa ichida dublni rasmiylashtirib, hisobni qisqartirishga erishdi. Birinchi golda himoyachining xatosidan keyin o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi vaziyatda esa jamoaviy hujumni golga aylantirdi. Biroq 85-daqiqaga kelib, Vlaxovich jamoasining o‘yindagi to‘rtinchi, o‘zining esa ikkinchi golini urib, bellashuvga yakuniy nuqtani qo‘yib berdi.
«Milan»ning hisobida 32 ochko bor, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rindan joy olgan. «Fiorentina» esa g‘alabadan keyin 7-o‘ringa ko‘tarildi.
«Yuventus» «Latsio» maydoniga safar qilib, Leonardo Bonuchchining ikkita penaltidan urgan gollari evaziga g‘alabaga erishdi. Turinliklar bu g‘alaba orqali 21 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.
«Fiorentina» – «Milan» 4:3
Gollar: 1:0 – 15 Dankan, 2:0 – 45 Saponara, 3:0 – 60 Vlaxovich, 3:1 – 62 Ibrahimovich, 3:2 – 67 Ibrahimovich, 4:2 — 85 Vlaxovich, 4:3 — 90+6 avtogol Lorenso Venuti.
«Fiorentina» – Terrachchano, Odriosola, Venuti, Igor Julio, Biragi, Bonaventura (Kastrovilli, 69), Dankan, Torreyra, Saponara, Kalexon (Gonsales, 69), Vlaxovich.
«Milan» – Teterushanu, Kalulu (Florensi, 57), Ker, Gabbiya, Ernandes, Kessie, Salemakers (Junior Messias, 57), Tonali (Bennaser, 74), Ibrahimovich, Rafael Leau (Krunich, 80), Braim Dias (Jiru, 57).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar