07:29 / 22.11.2021
1 880

Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan futbolchining gollari "Roma"ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan futbolchining gollari "Roma"ga g‘alaba keltirdi
A Seriya 13-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Roma" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda "bo‘rilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 82-daqiqasida Afena-Gyan Mxitaryanning uzatmasidan so‘ng to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. O‘yin yakuniga yaqin uning o‘zi super zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Mourino shogirdlari ochkolari sonini 22 taga yetkazib olib, A Seriya turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 9 ochkosi bor genuyaliklar ayni damda 18-pog‘onani band etgan.

Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvda hamyurtiimz Eldor Shomurodov 75 daqiqa harakat qildi.

Jenoa – Roma 0:2
Gol
: Feliks Afena-Gyan 82', 90+4'
Jenoa – Sirigu, Biraski (Flavio Junior, 84), Masello, Sabelli (Gilone, 84), Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 90), Rovella, Sturaro (Buksa, 90), Pandev (Ernani, 63), Ekuban.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Kumbula (Smolling, 87), Rojer, Mxitaryan, Veretu, Pellegrini (Bove, 90+3), Shomurodov (Feliks Afena-Gyan, 75), Abraxam, El-Shaaravi.
Ogohlantirishlar: Kambyazo (32), Veretu (40), Badel (54), Sabelli (78), Feliks Afena-Gyan (81).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan futbolchining gollari "Roma"ga g‘alaba keltirdi