“Roma” anchadan beri tarkibini kuchaytirishi haqida turli xabarlar tarqatilmoqda. Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, rimliklar “Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Leonardo Paradesni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
27 yoshli o‘yinchiga rimliklardan tashqari “Yuventus”dan ham jiddiy chorlov bo‘lmoqda. Italiyaning har ikki klubi yanvarda futbolchiga rasmiy takliq yuboradi. Parades yaqinda jarohatidan qutildi va yana maydonga qaytishga tayyor.
Argentinalik charm to‘p ustasining parijliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 22 million yevro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, Parades avval ikki marta – 2015 va 2017 yillarda “Roma”da to‘p tepgan va jamoa falsafasini yaxshi biladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda