"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Pol Merson "Manchester Yunayted"ning muvaffaqiyatsizliklarida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu aybdor degan fikrni bildirdi.
"Bu narsa Sulsher bilan sodir bo‘lganidan afsusdaman. Mavsum boshida uning rejasi bor edi. U uzoq vaqt Sanchoni so‘radi va unga erishdi, qolaversa Kavanining shartnomasi yana bir yilga uzaytirildi.
Ammo mavsum boshlanishidan oldin Sulsherga Ronaldu berildi. Shu sababli uning butun rejasi barbod bo‘ldi. Ronaldu "Manchester Yunayted"ni kuchaytirgani yo‘q. Jamoa u bilan qarshi hujumlarda o‘ynay olmadi. "Manchester Yunayted" Krishtianuni faqatgina "Manchester Siti"dan qiziqish bo‘layotgani uchun sotib olishga majbur bo‘ldi”, - dedi Merson Sky Sports nashriga.
Joriy mavsumda 36 yoshli Ronaldu 14 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda