Bugun, 23 noyabr kuni Chempionlar Ligasida 5-tur o‘yinlari boshlanadi. Bugun maydonga tushadigan 16 jamoadan faqat 2tasi («Bavariya» va «Yuventus») keyingi bosqich masalasini to‘liq hal qilgani va faqat bir jamoada («Malmyo») umuman imkoniyat qolmaganini inobatga olsak, uchrashuvlar juda qiziqarli va shiddatli o‘tishini taxmin qilsak bo‘ladi. Quyida bugungi o‘yinlar va jamoalarning imkoniyatlari haqida ma’lumot keltiriladi.
E guruhi
Xavi «Barselona» murabbiyi sifatida ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi va juda muhim vazifani yechishi shart. «Benfika»ga qarshi uchrashuvda kataloniyaliklarning Chempionlar Ligasidagi taqdiri hal bo‘lishi mumkin.
Hozirda guruh turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turgan «Barselona» portugallardan 2 ochko oldinda bo‘lsa-da, «Kamp Nou»da o‘tadigan javob o‘yinida g‘alaba qozonish shart. Ana shunda jamoa so‘nggi turdagi natijalardan qat’i nazar rasman pley-off ishtirokchisiga aylanadi. Agar durang o‘ynaydigan bo‘lsa, o‘rtadagi farq saqlanib qolgan taqdirda ham, 6-turda «Barselona» «Bavariya» mehmoni bo‘lishi va «Benfika» «Dinamo»ni qabul qilishi tufayli, ikkinchi o‘rin xavf ostida qoladi. Bu holda so‘nggi turda «Barselona» Myunxenda faqat g‘alaba uchun o‘ynashiga to‘g‘ri keladi va bu vazifani uddalash juda qiyi.
Demak, Xavi shogirdlarini bugungi to‘qnashuvda faqat g‘alaba qoniqtiradi.
Kiyevga safar qiladigan «Bavariya» keyingi bosqich masalasini rasman hal qilib bo‘lgan. Kiyevliklar esa, hech bo‘lmasa, Yevropa Ligasiga o‘tish uchun ham ochko olishi kerak. To‘g‘ri, nazariy tarafdan «Dinamo»da hatto 2-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati saqlanib qolgan, ammo bu juda qiyin masala. Buning uchun «Dinamo» qolgan ikki o‘yinda 6 ochko olishi, «Barselona» esa, har ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashi talab etiladi.
Taxminiy tarkiblar
«Barselona» - «Benfika»
«Barselona»: ter Stegen; Roberto, Pike, Garsiya, Alba; de Yong, Buskets, Niko; Gavi, Depay, Dembele
O‘ynamaydi: Aguero (yuragidagi muammo), Breytveyt (tizza), Fati (mushaklardagi jarohat), Pedri (son sohasidagi muammo), Gavi (sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan)
So‘roq ostida: Buskets (boldir sohasidagi jarohat), Dembele (yomon forma), Dest (bel), Mingesa (tomir tortishishi), Niko (golenostop)
«Benfika»: Vlaxodimos; Morato, Otamendi, Vertongen; Lazaro, Vaygl, Joau Mariu, Grimaldo, Rafa Silva, Yaremchuk, Darvin
O‘ynamaydi: Diogu Gonsalvesh (muskullardagi jarohat), Lukas Verissimo (tizza), Radonich (muskullardagi jarohat), Rodrigo Pino (tizza), Otamendi, Rafa Silva, Vaygl (barchasida sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan)
«Dinamo» Kiyev - «Bavariya»
«Dinamo»: Bushchan; Kendzera, Zabarniy, Sirota, Mikolenko; Sidorchuk, Shaparenko; Sigankov, Buyalskiy, de Pena; Garmash
O‘ynamaydi: Besedin (tizza), Verbich (aniqlashtirilmagan), Garmash (sariq kartochkalar ko‘payib ketgani tufayli diskvalifikatsiya).
«Bavariya»: Noyer; Pavar, Nyanzu, Ernandes, Richards; Goretska, Tolisso; Sane, Myuller, Devis; Levandovski
O‘ynamaydi: Shupo-Moting (karantin), Kyuizans (karantin), Gnabri (karntin), Kimmih (karantin), Musiala (karantin), Stanishich (kasallik), Zyule (kasallik), Upamekano (diskvalifikatsiya), Lukas Ernandes (sariq kartochkalar ko‘payib ketgani tufayli diskvalifikatsiya).
So‘roq ostida: Koman (mushaklardagi jarohat), Zabitser (boldir mushaklaridagi jarohat)
F guruhi
Maykl Kerrik boshchiligida «Manchester Yunayted» futbolchilari «Vilyareal»ga qarshi o‘yinda kamida bir ochko olishi shart. Shundagina inglizlar guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoladi va oxirgi turda «Yang Boyz»ni yengib, keyingi bosqichga chiqish mumkin. Mabodo «MYU» yutqazib qo‘yadigan bo‘lsa, «Atalanta» shveysariyaliklarni yengishini taxmin qilsak, 3-o‘ringa tushib qolishadi.
Bu natijalardan keyin so‘nggi turda Italiyada kechadigan o‘zaro uchrashuv oldidan «Vilyareal»da 10, «Atalanta»da 8 ochko bo‘ladi, «Yunayted» esa, «Yang Boyz»ni qabul qiladi. Ko‘rinib turibdiki, «MYU» Ispaniyada mag‘lubiyatga uchrab ham, yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun ikki yo‘l qoladi – yoki «Yang Boyz» ustidan juda yirik hisobda g‘alaba qozonish, yoki «Atalanta» - «Vilyareal» o‘yinida mehmonlar ochko olishidan umid qilish. Xullas, hozirda bu guruhda hammasi chalkash – uch jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor va uchala jamoa uchun ham barchasi o‘z qo‘lida. Bugun Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan o‘yin va so‘nggi turdagi «Atalanta» – «Vilyareal» to‘qnashuvi ko‘p narsaga oydinlik kiritadi.
«Yang Boyz»da ham barchasi yo‘qotilmagan. Shveysariyaliklar qolgan ikki o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashsa, ochkolari soni 9taga yetadi va bemalol YECHL keyingi bosqichi haqida o‘ylash mumkin. Lekin jamoa dastlabki turdagi g‘alabadan so‘ng, 3 o‘yinda ochko olmayotganini e’tiborga olsak, bu faqat nazariy imkoniyat ekanini anglash mumkin.
Taxminiy tarkiblar
«Vilyarreal» - «Manchester Yunayted»
«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa; Trigeros, Parexo, Koklen; Pino, Dia, Chukvueze
So‘roq ostida: Alkaser, Asenxo, Kapu, Danjuma - (barchasi aniqlashtirilmagan), Jerar Moreno (bel qismidagi jarohat)
«MYU»: de Xea; Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Dalot; Maktominey, Fred; Sancho, Brunu Fernandesh, Reshford; Ronaldu
O‘ynamaydi: Grinvud (kasallik), Pogba (sondagi jarohat), Varan (bel qismidagi jarohat), Shou (miya chayqalishi)
So‘roq ostida: Kavani (paydagi jarohat).
«Yang Boyz» - «Atalanta»
«Yang Boyz»: Fevr; Xefti, Lauper, Byurgi, Garsiya; Serro, Martins; Ebisher; Ngamale, Sibacho, Elia
O‘ynamaydi: Kamara (mushaklardagi jarohat), Fassnaht (bosh suyagi singan), Lyaydani (lat yeyish), Monteyru (tizza), Nsame (tovon), Petinya (aniqlashtirilmagan), fon Ballmoos (yelka), Zesiger (oyoq kaftida jarohat), Ebisher, Serro (sariq kartochkalar ko‘payib ketgan)
«Atalanta»: Musso; Toloy, Demiral, Palomino; Dzappakosta, Froyler, de Roon, Mele; Pashalich; Malinovskiy, Sapata
O‘ynamaydi: Xatebur (oyoq kaftida jarohat), Gozens (son), Lovato (son), de Roon (sariq kartochkalar ko‘payib ketgan)
G guruhi
Ko‘pchilikning nazaridan chetda qolayotgan, lekin eng qiziqarli guruhlardan biri. Bu guruhda ham har bir jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan va yuqorida tilga olingan guruhlardan farqli ravishda, ushbu to‘rtlikdagi jamoalar o‘sha ikki kerakli g‘alabani amalga oshirishga qodir ham.
Faqatgina «Zalsburg» keyingi bosqich masalasini bugunoq hal qila oladi. Agar avstriyaliklar safarda «Lill» ustidan zafar quchadigan bo‘lsa, ochkolari sonini 10taga yetkazadi va kamida 2-o‘rinni naqd qiladi.
«Sevilya» – «Volfsburg» uchrashuvi ham alohida e’tiborga arziydi – ispanlar pley-offda kurashish imkoniyatini saqlab qolish uchun ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonish shart. Xuddi shunday vazifa «Volfsburg»ga ham qo‘yilgan. «Bo‘rilar» durang o‘ynab ham so‘nggi tur oldidan kichik imkoniyat saqlab qolishi mumkin, lekin o‘shanda ham parallel uchrashuv natijasiga qarashga to‘g‘ri keladi.
Xullas, bugungi ikki o‘yinda maydonga tushadigan 4 jamoaning barchasini faqat va faqat g‘alaba to‘liq qoniqtiradi.
Taxminiy tarkiblar
«Sevilya» - «Volfsburg»
«Sevilya»: Bunu; Montiel, Kunde, Diyego Karlos, Akunya; Jordan, Fernando, Rakitich; Okampos, Mir, Papu Gomes
O‘ynamaydi: An-Nosiriy (son sohasidagi og‘riq), Lamela, Suso - (aniqlashtirilmagan), Navas (son), Dileyni, Diyego Karlos - (sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan)
«Volfsburg»: Kasteyels; Lakrua, Bornau, Bruks; Baku, Vranks, Arnold, Russiyon; L. Nmecha, Lyukbakio; Vegxorst
O‘ynamaydi: Byalek, Otavio, Shlager, Villiam (barchasi tizza), Mehmedi (mushaklardagi jarohat), Shteffen (boldir sohasida jarohat), Lakrua, Mbabu, L. Nmecha, Veghorst (sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan)
So‘roq ostida: Gilyavogi (boldirdagi og‘riq)
«Lill» - «Zalsburg»
«Lill»: Grbich; Zeki Chelik, Tyagu Djalo, Fonte, Reynildu; Renatu Sanshesh, Sheka, Onana, Bamba; Timoti Vea, Devid
O‘ynamaydi: Andre (diskvalifikatsiya), Botman (chov), Ikone (diskvalifikatsiya), Gudmundsson (mushaklardagi jarohat), Bamba, Burak Yilmaz, Sheka (sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan).
«Zalsburg»: Ken; Kristensen, Ongene, Veber, Ulmer; Kamara; Suchich, Aronson, Zayvald; Adamu, Adeyemi
O‘ynamaydi: Yunuzovich (tovon), Pentkovski (golenostop), Okox (tizza), Kamara (sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan)
So‘roq ostida: Okafor (mushaklardagi jarohat).
N guruhi
Londonda bo‘lib o‘tadigan «Chelsi» – «Yuventus» o‘yini ko‘proq guruh g‘olibi masalasini hal qiladi. «Yuventus» rasman keyingi bosqich ishtirokchisiga aylangan, lekin 1-o‘rinni saqlab qolishi uchun «Chelsi» bilan o‘yinda kamida durangga erishishi kerak. Pley-offda nisbatan kuchsizroq jamoalarga raqib bo‘lish uchun bu ham ahamiyatli.
«Chelsi» ham amalda keyingi bosqichga chiqqan, ammo bu haqida rasman aytishimiz uchun bugun kamida durang qayd etishi kerak. Mabodo «Chelsi» mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, 9 ochko bilan qolib ketadi va «Malmyo»ga safar qiladigan «Zenit» 3 ochkolik masofada yaqinlashib oladi. Oxirgi turda «Chelsi» Rossiyada «Zenit» mehmoni bo‘ladi va yo‘llanma masalasi o‘sha o‘yinga qolib ketishi mumkin. Birgina uchrashuvda, ayniqsa safarda har narsa bo‘lishi mumkinligini inobatga olsak, «Chelsi» bugun kerakli ochkoni olishi talab etiladi. Albatta, g‘alaba qozonib, guruh g‘olibi bo‘lishning ham foydasi haqida aytib o‘tdik.
«Malmyo» esa Yevropa Ligasiga ilinish uchun «Zenit»ni yengishga urinib ko‘radi. Ammo bu yerda g‘alabaning o‘zi yetarli bo‘lmasligi ham mumkin, chunki bu jamoalarning dastlabki o‘yinida «Zenit» 4:0 hisobida ustun kelgan. Shvedlar mana shunday yirik hisobda g‘alaba qozonishi lozim. Yoki «Zenit»ni kichik hisobda yengib, so‘nggi turda «Yuventus»dan ham ochko olish kerak bo‘ladi.
Taxminiy tarkiblar
«Chelsi» - «Yuventus»
«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger; Jeyms, Jorjino, Kante, Chiluell; Maunt, Pulishich; Havers
O‘ynamaydi: Kovachich (son sohasidagi og‘riq)
So‘roq ostida: Lukaku (boldir va tovon orasidagi to‘qima uzilishi)
«Yuventus»: Shchensni; Kuadrado, Bonuchchi, de Lixt, Aleks Sandro; Kulusevski, Makkenni, Lokatelli, Rabo; Keza; Morata
O‘ynamaydi: Bernardeski (chov qismidagi og‘riq), Danilo (son), De Shilo (son), Kellini (tovonidagi to‘qimalar jarohati)
So‘roq ostida: Remzi, Dibala (ikkisida ham sonda og‘riq)
«Malmyo» - «Zenit»
«Malmyo»: Dalin; Larsson, Ahmedhojich, L. Nilsen, Ulsson; Innosent, Levitski; Birmanchevich, Nanasi, Penya, Cholak
O‘ynamaydi: Berget (oyoq), Kristiansen (bel sohasidagi og‘riq), Toyvonen, Knudsen, Seydiu - (barchasi tizza), Beymo (o‘mrov suyagi)Brorsson, Nilsen - (ikkisida ham sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgan).
«Zenit»: Kerjakov; Chistyakov, Lovren, Rakitskiy; Karavayev, Barrios, Vendel, Duglas Santos; Malkom, Dzyuba, Klaudino
O‘ynamaydi: O‘zmun (mushaklardagi jarohat), Kritsyuk (tizza), Krugovoy (kasallik) “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda