Professional boks olamida bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar bizni kutib turibdi. Albatta, noyabr yakunida ya’ni, 27 noyabr kuni yengil vazn ( 61.2 kg) toifasidagi mutlaq chempion Teofimo Lopes o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC, WBA, IBF, WBO kamarlarini Jorj Kambososdan himoya qiladi.
Yil yakuniga qadar esa yana bir qator janglar tashkil etiladi. Quyida, dekabr oyida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilayotgan qarama-qarshiliklar bilan tanishing.
5 dekabr. AQSH, Los-Anjelas
Sergey Dervyanchenko (13-3,10 KO, Ukraina) – Karlos Adams (20-1,16 KO, Dominikan)
Mazkur jang o‘rta vazn( 72, 5 kg) toifasida o‘tkaziladi. Ukrainalik charmqo‘lqop ustasi so‘ngi ikki jangida Gennadiy Golovkin hamda Jermal Charloga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan so‘ng, bu o‘ziga xos qaytish bo‘ladi. Raqib ham oddiy emas, u faoliyati mobaynida 20 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alabalarining 16 tasini nokaut bilan yakunlagan. Xullas, o‘ziga xos “pancher” hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda qiziqarli jang bo‘lishi kutilmoqda.
18 dekabr. Buyuk Britaniya, Manchester (Manchester Arena)
Jozef Parker (27-2,20 KO, Yangi Zellandiya) – Derek Chisora (30-10,21 KO, Buyuk Britaniya)
Super og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasidagi har ikki bokschi professional boks olamida o‘ziga xos nom qozongan. Mashhur Devid Tuaning izdoshi sanaladaigan Jozef Parker hamda xurmacha qiliqlari bilan nom qozongan britan bokschisi Derek Chisora joriy yilning 1 may sanasida o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda Parker ochkolar hisobida g‘alaba qozongan edi. Revansh jangida kim g‘alaba qozonadi, buni 18 dekabr kuni bilib olamiz!
18 dekabr. Ukraina, Kiyev
Denis Berinchik ( 15-0,9 KO, Ukraina) – Isa Chaniyev (15-3,7 KO, Rossiya)
Yengil vazn (61, 2 kg) toifasida o‘tkaziluvchi ushbu qarama-qarshildik WBO International chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan Berinchik o‘z uyida ringga ko‘tariladi. Biroq, Chaniyev ham o‘ziga xos salohiyatga ega bokschi sanaladi. Shunday ekan, bu jangni tomosha qilganingizga aslo afsuslanmaysiz, degan fikrdamiz.
29 dekabr
Gennadiy Golovkin ( 41-1-1,36 KO, Qozog‘iston) – Riyota Murata ( 16-2,13 KO)
O‘rta vazn (72,6 kg) toifasidagi ikki chempion ya’ni, IBF kamari sohibi Gennadiy Golovkin hamda WBA chempioni yaponiyalik Riyota Murata kamarlarni birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tariladi. Albatta, har doim GGG ni janglarini tomosha qilish maroqli bo‘lgan. Qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustasi Saul Alvaresdan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, ketma-ket 3 ta jangda g‘alaba qozondi. Murata ham 2018 yil Rob Brantdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, ikki bor zafar quchdi. Dastlabkisida aynan Rob Brantni texnik nokautga uchratgan holda revansh olingan bo‘lsa, Stiven Batlerni ham texnik nokautga uchratgan edi. Xullas, qiziqarli jang bo‘lishiga shubha yo‘q!
Shuningdek, 17 dekabrda hamyurtimiz Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) WVA Super chempionlik kamari uchun eliminator jangida birinchi o‘rta vazn (69, 8 kg ) toifasida WBA reytingining birinchi pog‘onasida borayotgan fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1, 24 KO) qarshi Toshkentda jang qiladi. Bu alohida mavzu va bu jang kechasi haqida ham keyinchalik batafsil so‘z yuritamiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda