
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rafael van der Vart PSJ yulduzi Lionel Messini tanqid qildi.
- Lionel Messi g‘azabimni qo‘zityapti. Bu iroda masalasi. Sen yoki futbol o‘ynashni istaysan, yoki yo‘q. Messiga talablar katta. Agar u gol urmasa, assist qilmasa, demak yomon o‘ynagan hisoblanadi.
Masalan, Krishtianu Ronalduni olaylik. Bu ikkisi boshqa-boshqa tipdagi futbolchi bo‘lsada, ularni solishtiramiz. Ronaldu doim kurashadi va jamoasini yangi bosqichga ko‘tarishga tirishadi. Messi bu pallada maydonda yurgan bo‘ladi. “Sen uyalmaysanmi?”, - degim keladi.
Messidan xafa bo‘lib ketaman. Bu Kuman davridan beri davom etyapti. Mashg‘ulotlardan bosh tortish, Messi darajasidagi futbolchiga yarashmaydi. Chunki bunaqa futbolchi boshqa tug‘ilmaydi, - dedi Rafael van der Vart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar