23:45 / 26.11.2021
3 342

Klopp: "Rangnikning "Manchester Yunayted"ga tayinlanishi yomon yangilik"

Klopp: "Rangnikning "Manchester Yunayted"ga tayinlanishi yomon yangilik"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" rahbariyatining asosiy tarkibni hozirda "Lokomotiv"da sport va rivojlanish rahbari Ralf Rangnikga ishonib topshirish qarori to‘g‘risida gapirdi.
- Afsuski, Angliyaga, "Manchester Yunayted"ga yaxshi murabbiy tashrif buyuradi. U Germaniyada "Xoffenxaym" va "RB Leypsig"ni yuqori darajaga olib chiqdi. O‘ylashimcha, "Manchester Yunayted" hamjihat jamoaga aylanadi. Bu, albatta, boshqa klublar uchun yomon yangilik, deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "qizil iblislar" rahbariyati asosiy jamoani uch yil boshqargan Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqargandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp: "Rangnikning "Manchester Yunayted"ga tayinlanishi yomon yangilik"