09:55 / 27.11.2021
1 978

Joze Mourinoning taklifi yerda qoldi

Joze Mourinoning taklifi yerda qoldi
Joze Mourino anchadan beri “Borussiya M” yarim himoyachisi Denis Zakariyani “Roma”da kutmoqda. Rimliklar hali qishki transferlar oynasi ochilmay turib, shveysariyalik yarim himoyachiga aloqaga chiqdi.

Ular yozda erkin agentga aylanadigan Zakariyani pul sarflab bo‘lsa ham yanvarda transfer qilmoqchi edi. Biroq, qator grandlar nishoniga tushgan o‘yinchi jamoa tanlashda shoshilmayapti. Chunki unda “Roma”dan qudratliroq klublardan taklif bor.

Taniqlik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilinishicha, Zakariyani “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Barselona” kabi jamoalar ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Zakariya myonxengladbaxliklar tarkibida 2017 yildan beri o‘ynamoqda. O‘z vaqtida “Yang Boyz”dan 12 million yevroga transfer qilingan futbolchi shu kunga qadar “Borussiya”da 139 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va jamoadoshlariga sakkizta golli pas oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinoning taklifi yerda qoldi