
“Bolonya” klubi “Roma”ning ikki futbolchisiga xaridor bo‘lmoqda. Il Resto del Carlino nashrining ma’lum qilishicha, ular rimliklarning 20 yashar qanot himoyachisi Brayan Reynolds va 23 yoshli hujumkor futbolchisi Karles Peresga qiziqish bildiryapti.
Ta’kidlash joizki, bu ikki futbolchi Joze Mourino qo‘l ostida o‘zlari istagan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
“Bolonya” bosh murabbiyi Sinishi Mixaylovich esa ularga imkoniyat berishga tayyor. Ayniqsa, Sinishia Mixaylovich o‘zi targ‘ib qilayotgan 3-4-1-2 sxemasida amerikalik Reynolds muhim rol o‘ynashiga ishonmoqda.
Ispaniyalik hujumchi transferida “Bolonya”ga uning maoshi yuqoriligi xalaqit qilishi mumkin. Chunki Peres Rim klubida yiliga 2 million yevro miqdori mablag‘ oladi. Bu “Bolonya”ga og‘irlik qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar