14:33 / 04.12.2021
1 973

Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan

Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan
Bugun 2021 yilgi O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" klublari Samarqandda bosh sovrin uchun maydonga tushishadi. Bahs soat 16:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvdan oldin ikkala jamoa safida bir qator yo‘qotishlar mavjud. Bu haqda alohida xabar berildi.

Yo‘qotishlardan biri bu "Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheran hisoblanadi. U kubok yarim finalida "Bunyodkor"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgani bois bugun o‘ynay olmaydi. 2021 yilgi mavsumda "Paxtakor" barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda hozirga qadar 36ta o‘yin o‘tkazdi. Cheran mana shu o‘yinlarning 33tasida maydonga tushdi va 19ta gol urdi. Uchta bahsda Dragan umuman maydonga tushgani yo‘q:

"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" - 0:0
"So‘g‘diyona" - "Paxtakor" - 1:0
"Bunyodkor" - "Paxtakor" - 3:2

Ko‘rib turganingizdek, Cheran bu yil o‘ynamagan uchta o‘yinning hech birida "sherlar" g‘alaba qozona olishmagan. Finalda nima bo‘lishini esa soat 16:00dan boshlab tomosha qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan