08:15 / 05.12.2021
1 765

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Betis»ga yutqazdi

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Betis»ga yutqazdi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 16-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Barselona» 4 dekabr, shanba kuni «Betis» bilan bahs yuritdi.
Kataloniyaliklar mezbonligida o‘tgan o‘yin kutilmaganda mehmonlar g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 79-daqiqada Xuanmi Ximenes tomonidan kiritildi.

Shu tariqa «Barselona» Xavi boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoaning hisobida 16-turdan keyin 23 ochko bor va musobaqa jadvalida 7-o‘rindan joy olgan. «Betis» 30 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

«Barselona» – «Betis» 0:1
Gol
: 0:1 – 79 Xuanmi.
«Barselona» – ter Stegen, Dest, Langle (de Yong, 82), Arauxo, Alba, Buskets, Niko Gonsales (de Yong, 59), Gavi (Puch, 36), Koutino (Dembele, 59), Ezzalzuli (Pike, 82), Depay.
«Betis» – Ruy Silva, Belerin, Ruis, Bartra, Moreno, Guardado, Kanales, Rodriges, Xuanmi (Iglesias, 81), Villian Joze (Vilyam Karvalyu, 71), Ruibal (Telyo, 63).
Ogohlantirishlar: Villian Joze (12), Niko Gonsales (42), Rodriges (73).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Betis»ga yutqazdi