O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qit’amizda futboli rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lida davom etyapti. Shu maqsadda O‘FA hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirishga mo‘ljallangan navbatdagi muzokaralar videoanjuman shaklida o‘tkazildi. O‘FA matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, unda ikki mamlakat futbolini rivojlantirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Dastlabki muzokaralarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi va hududiy akademiyalarning texnik direktorligi lavozimi uchun Yaponiyaning tajribali mutaxassislar xizmatidan foydalanish tashabbusi bilan chiqqan edi.
O‘z navbatida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish har ikkala davlat uchun foydali ekanligini ma’lum qildi.
Dastlabki kelishuvga ko‘ra, ayollar terma jamoamizga nomzod bosh murabbiy va uning yordamchisi kelasi yilning yanvar oyida, hududiy akademiyalarning texnik direktori esa fevral oyida yurtimizga kelishi kutilmoqda. Mazkur mutaxassislarga ayollar futbolini rivojlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish va mashg‘ulotlarni ilmiy-tahliliy yondashuv dasturlari asosida tashkil etish kabi vazifalar yuklatiladi.
Konferensiyada yurtimizda faoliyatini boshlashi kutilayotgan yaponiyalik murabbiylar ham ishtirok etib, bo‘lajak ish rejasini tanishtirdi. O‘z navbatida, O‘FA tegishli bo‘linmalari tomonidan mutaxassislarga ayollar terma jamoasi va umumiy futboldagi vaziyat tanishtirildi hamda jamoaning o‘yinlaridan iborat video-material taqdim etildi. Bu o‘z o‘rnida, yaponiyalik murabbiylarga fevral oyiga qadar bo‘lajak mas’uliyatli vazifasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Muzokaralar chog‘ida shuningdek, shartnomaning shartlari va yapon mutaxassislarining mamlakatimizdagi vazifalari yana bir bor muhokama qilindi. Har ikki tomon ham uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"