00:01 / 11.12.2021
2 854

Yevrokuboklarning guruh bosqichi deyarli tugadi. Buyog‘iga musobaqalar qanday davom etadi?

Yevrokuboklarning guruh bosqichi deyarli tugadi. Buyog‘iga musobaqalar qanday davom etadi?
Bu yil birinchi marta tashkil qilingan UYEFA Konferensiyalar Ligasining faqat bitta uchrashuvini hisobga olmaganda qolgan barcha o‘yinlar o‘tkazib bo‘lindi.

Gap kecha tunda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi haqida ketyapti. Ma’lumki, "Tottenxem" klubida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus olgani bois o‘yin o‘tkazilmadi va hozircha noma’lum muddatga qoldirildi.

Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasidan o‘rin olgan barcha guruh uchrashuvlari esa o‘z yakuniga yetdi va buyog‘iga kelasi yildan pley-off bahslari boshlanadi. 13 dekabr kuni har uchala musobaqa uchun qur’a tashlash marosimini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.

Quyida yevrokuboklarda kimlar keyingi bosqichga chiqqani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

ChЕMPIONLAR LIGASI

Nufuzi jihatdan Yevropada eng yuqori o‘rinda turadigan Chempionlar Ligasining guruh bosqichida bu yil 32ta jamoa kurash olib bordi. Yakunda 16ta jamoa keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, 8 klub Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi. Shuningdek, 8ta klub musobaqa bilan xayrlashdi.

1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:
"Manchester Siti" (Angliya)
"Liverpul" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)
"Real" (Ispaniya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Lill" (Fransiya)
"Yuventus" (Italiya)

2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:
PSJ (Fransiya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Sporting" (Portugaliya)
"Inter" (Italiya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Vilyarreal" (Ispaniya)
"Zalsburg" (Avstriya)
"Chelsi" (Angliya)

3-o‘rin bilan Yevropa Ligasiga yo‘l olgan jamoalar:
"Leypsig" (Germaniya)
"Portu" (Portugaliya)
"Borussiya D" (Germaniya)
"Sherif" (Moldova)
"Barselona" (Ispaniya)
"Atalanta" (Italiya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Zenit" (Rossiya)

Musobaqa formatiga ko‘ra, 1/8 finalda o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar ikkinchi o‘rindagi jamoalarga qarshi qur’a natijasiga ko‘ra pley-off tizimida bahs olib boradi. YECHL 1/8 final dastlabki uchrashuvlar 15-16 va 22-23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Guruhda 3-o‘rin bilan Yevropa Ligasiga yo‘l olgan jamoalar Yevropa Ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan klublarga qarshi pley-off tartibida o‘yin o‘tkazishadi. Pley-off bosqichining birinchi uchrashuvlari 17 fevral, javob bahslari 24 fevralda bo‘lib o‘tadi.

YEVROPA LIGASI

Yevropa Ligasi guruh bosqichida ham 32ta jamoa kurash olib bordi. Dastlabki 8ta jamoa 1/8 finalga yo‘l olgan bo‘lsa, keyingi 8talik pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Uchinchi o‘rinni band etgan klublar Konferensiyalar Ligasiga ravona bo‘ldi.

1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:
"Lion" (Fransiya)
"Monako" (Fransiya)
"Spartak" (Rossiya)
"Ayntraxt" (Germaniya)
"Galatasaroy" (Turkiya)
"Srvena Zvezda" (Serbiya)
"Bayer" (Germaniya)
"Vest Xem" (Angliya)

2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan jamoalar:
"Glazgo Reynjers" (Shotlandiya)
"Real Sosedad" (Ispaniya)
"Napoli" (Italiya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)
"Latsio" (Italiya)
"Braga" (Portugaliya)
"Betis" (Ispaniya)
"Dinamo Z" (Xorvatiya)

3-o‘rin bilan Konferensiyalar Ligasiga yo‘l olgan jamoalar:
"Sparta" (Chexiya)
PSV (Niderlandiya)
"Lester" (Angliya)
"Fenerbahche" (Turkiya)
"Marsel" (Fransiya)
"Mityulland" (Daniya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Rapid" (Avstriya)

Musobaqa formatiga ko‘ra, o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan klublar 1/8 finalda pley-off g‘oliblariga qarshi bahs olib boradilar. Pley-off o‘yinlari YECHL guruh boqichida 3-o‘rinni egallagan hamda Yevropa ligasi gruuh bosqichida 2-o‘rinni egallagan klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bellashuvlar 17 fevral, javob o‘yinlari 24 fevralda bo‘lib o‘tadi. 1/8 final uchrashuvlari esa 10 mart kuni start oladi.

KONFERENSIYALAR LIGASI

UYEFAning yangi musobaqasi Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichida ham 32ta jamoa ishtirok etdi. Guruhda birinchi o‘rinni band etgan klublar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l olishdi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar esa dastlab pley-offda o‘z kuchlarini sinab ko‘radi. Qolgan 16ta jamoa esa musobaqani tark etdi.

1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:
LASK (Avstriya)
"Gent" (Belgiya)
"Roma" (Italiya)
"AZ Alkmaar" (Niderlandiya)
"Feyenoord" (Niderlandiya)
"Kopengagen" (Daniya)
"Renn" (Fransiya)
"Bazel" (Shveysariya)

2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan jamoalar
"Makkabi" (Isroil)
"Partizan" (Serbiya)
"Bodo-Glimt" (Norvegiya)
"Renners" (Daniya)
"Slaviya" (Chexiya)
PAOK (Gretsiya)
"Karabax" (Ozarbayjon)

P.S. 8-jamoa "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan klublar 1/8 finalda pley-off g‘oliblariga qarshi bahs olib boradi. Pley-off g‘oliblari Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan hamda Yevropa Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar o‘rtasidagi o‘yinlar orqali aniqlanadi. Pley-off uchrashuvlari 17 va 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Konferensiyalar Ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlari 10 martga belgilangan.

FINALLAR QAYERDA BO‘LADI?
YECHL finali: 2022 yil 28 may. "Krestovskiy" stadioni, Sankt-Peterburg, Rossiya.
Yevropa Ligasi finali: 2022 yil 18 may. "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni, Sevilya, Ispaniya.
Konferensiyalar Ligasi finali: 2022 yil 25 may. "Arena Kombetare" stadioni, Tirana, Albaniya.

Muallif: Xayrulla Xoliqov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevrokuboklarning guruh bosqichi deyarli tugadi. Buyog‘iga musobaqalar qanday davom etadi?