22:40 / 11.12.2021
3 790

Xavi alam ustida “Barselona” yulduzlarini haydayapti

Xavi alam ustida “Barselona” yulduzlarini haydayapti
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi o‘zining ishonchini oqlamagan yetakchi futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor. Ispaniyalik mutaxassis tarkibni o‘zi istagan darajada shakllantirmoqchi.

Manbalarning xabar berishicha, Xavi boshchiligidagi murabbiylar shtabi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Serjino Dest, yarim himoyachi Frenki de Yongdan voz kechishga qaror qilgan.

Xaviga bu o‘yinchilarning “Bavariya”ga qarshi uchrashuvdagi harakatlari ma’qul kelmagan va ular bosh murabbiy ishonchini butkul yo‘qotgani aytilyapti.

Jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin Xavi shogirdlariga qarata: “Ayrimlaringiz “Barselona”da o‘ynash nima ekanini hatto his qilmaysizlar!”, deya shogirdlariga qattiq tanbeh bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi alam ustida “Barselona” yulduzlarini haydayapti