Professional boksning og‘ir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) 11 dekabr, shanba kuni Dubayda tashkil etilgan boks kechasida ringga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik bokschiga kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno raqiblik qildi. Jang uzoqqa cho‘zilmadi. Bahodir chap qo‘li bilan raqibining jag‘ qismiga kuchli zarba berib, uni nokautga uchratdi. Bu Bahodirning jangdagi birinchi zarbasi edi.
Shu tariqa Bahodir prof boksdagi 9-jangini ham nokautli g‘alaba bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov professional boksdagi bundan avvalgi jangini 2021 yilning aprel oyida latviyalik Kristaps Zuitsga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Ungacha esa 2020 yil 13 dekabrida Uilfredo Lilni (10-18-3, 8 KO) 1-raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"