
Foto: Instagram
Professional boksning birinchi yengil vazn toifasida harakat qiluvchi Xurshid Tojiboyev (6-0, 3 KO) Qozog‘istonning Almati shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschiga rossiyalik Pavel Malikov (16-5-1, 6 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘rtinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Pavel Malikov o‘tkazib yuborilgan zarbalar natijasida ko‘zidan jarohat oldi va jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. O‘sha vaqtga qadar to‘plangan ochkolar hisobiga ko‘ra Tojiboyevga g‘alaba taqdim etildi: 39-37, 39-37, 40-36. Shu tariqa Xurshid muddatidan oldin g‘alabani tantana qildi.
Qayd etish joiz, bu Tojiboyev uchun prof ringdagi ketma-ket oltinchi g‘alaba bo‘ldi. U shu vaqtga qadar birorta jangda mag‘lubiyatga uchramagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar