19:45 / 16.12.2021
3 187

Toshkentdagi boks kechasi oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi boks kechasi oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida 17 dekabr, juma kuni professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Boks oqshomida qator o‘zbekistonlik taniqli bokschilar jang qiladi. 16 dekabr kun Renaissance Hall saroyida ishtirokchilar tarozidan o‘tdi va nigohlar to‘qnashuvida qatnashdi.

Asosiy jang qatnashchisi Isroil Madrimov Mishel Sorodan biroz og‘irroq tosh bosgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov raqibiga nisbatan deyarli yarim kilogramm yengil chiqdi.

Bokschilarning vazni bilan tanishing:
Isroil Madrimov (69,8 kg) — Mishel Soro (69,6 kg);
Shahram G‘iyosov (64,85 kg) — Kristian Koria (65,25 kg);
Hasanboy Do‘stmatov (48,65 kg) — Xose Rivas (48,95 kg);
Bektemir Meliqo‘ziyev (78,8 kg) — Sergey Yekimov (80,2 kg);
Iqboljon Xoldorov (69,3 kg) — Dmitriy Milyusha (67,7 kg);
Elnur Abduraimov (58,9 kg) — Jon Gemino (59,9 kg);
Dilshod Ro‘zmetov (78,8 kg) — Maksim Smirnov (79 kg).

Eslatib o‘tamiz, Tashkent Boxing Night 2 musobaqasi 17 dekabr kuni soat 19:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentdagi boks kechasi oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi