O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori va Xitoyning "Sanchjou Mayti Layons" klubi futbolchisi Odil Ahmedov “Futbol” TV telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Intervyu jarayonida Odil Ahmedov klubdagi faoliyatini davom ettirish borasidagi savolga javob berdi.
- Hozir juda ko‘p narsalar haqida o‘ylayapman. 2022 yilda yangilik bo‘lib qolishi mumkin. Balki keyingi yili futbol o‘ynamasman. Shunday rejalarim ham yo‘q emas.
Faoliyatimni yakunlash bo‘yicha hamma narsani hisob-kitob qilish lozim. Misol uchun, hozir O‘zbekiston chempionatidagi har qanday klubda o‘ynashga kuchim va iqtidorim yetadi. Biroq o‘ylab qarasak, kimga qarshi, qaysi futbolchilar bilan o‘ynayman, degan savol turibdi. Shu tomoni ko‘proq muhim. Men xorijda 10 yil davomida professional futbolchilar, murabbiylar va ishchilar bilan ishladim. Ularni solishtirganda farq katta.
“Oltin to‘p” sohibi Rivardo O‘zbekistonda o‘ynadi? Uning yurtimizda faoliyat yuritishiga sabab asosan moliyaviy tomon. Rivaldoga “Bunyodkor”da boshqacha sharoit qilib berilgan. O‘sha payt klubni maqsadi umuman boshqacha edi. Rivaldo to‘p tepgan, nega endi men o‘ynamasligim kerak, degan gap yo‘q. Men solishtirib ko‘rib, bu narsa to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrga kelyapman. O‘zbekiston chempionatida o‘nashim mumkin. Lekin bu shuncha paytdagi kareramni pastga tushirib yuborishi mumkin.
Hamma narsaning o‘z vaqti bor. Vaqtida ketishni ham bilish kerak. Bu ham to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin, - dedi Odil Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"